Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifalari targ‘ib qilindi

Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifalari targ‘ib qilindi

Oltiariq tumanida «Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi» doirasidagi tadbirlar nafaqat tayanch guruhlari tashkillangan korxona va tashkilotlarda, balki parallel ravishda boshqa tashkilotlarda ham bo‘lib o‘tmoqda. Maqsad mazkur tashkilotlar ishchi xodimlari o‘rtasida Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishdan iboratdir.

Tuman Bolalar sport maktabi jamoasi o‘rtasida ham shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bosh maqsadimiz» mavzusi ostida o‘tgan mazkur tadbirda jamoa a’zolariga iste’molchilarning uhquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyati yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.

O‘tkazilgan tadbir yakunlari bilan mazkur ta’lim muassasasida ham tayanch guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий