Tayanch guruhlari faollari davrasida

Tayanch guruhlari faollari davrasida

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari Federatsiya topshirig‘i asosida joriy yilning may-iyun oylarida o‘tkazilayotgan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida shahardagi 27-maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkillangan tayanch guruhi faollari bilan uchrashdilar. Uchrashuv savol-javoblar tarzida o‘tkazilib, uning davomida faollarni Federatsiya faoliyatiga oid so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tildi.

Tadbir ishtirokchilariga savollari va ular tomonidan ko‘tarilgan masalalardan kelib chiqqan hamda yurtimizda iste’molchilik harakatiga doir qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatini yaxshi anglab olgan holda, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan keng jamoatchilik nazorati olib borish ishlarida faol ishtirok etishga chaqirildi. Buning uchun esa Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari atrofida jipslashish zarurligi ham alohida ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir doirasida iste’molchilik sohasiga oid masalalarda muammolarga duch kelganda Federatsiya tizimi tashkilotlari kuch va imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tushuntirishlar ham berib o‘tildi.

Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий