Yangi tayanch guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
Federatsiyaning “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha topshirig‘ini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumanida ta’lim muassalarida ham turli targ‘ibot tadbirlari tashkillanib, o‘tkazib borilmoqda.
Bugun Farg‘ona tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari, tuman xalq ta’lim bo‘limi mas’ullari bilan birgalikda, hududdagi 52, 54 va 58-umumta’lim maktablarida bo‘lishib, mazkur ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari bilan ochiq muloqotlarni o‘tkazdilar.
Muloqotlarda Federatsiyaning amaldagi Ustavi bilan uning eng quyi tuzilmalari hisoblanuvchi tayanch guruhlariga belgilangan huquq va majburiyatlar, tayanch guruhi faollarining Federatsiya faoliyatida, shuningdek hududda jamoatchilik nazoratini olib borishdagi ishtiroki masalalari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, kundalik turmush jarayonida iste’molchilar sohasiga oid muammolarga duch kelinganda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari kuch va imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘l-yo‘riqlari bo‘yicha tushunchalar berildi.
Hoizrda bu kabi tadbirlar tumandagi boshqa ta’lim maskanlarida davom etirilmoqda.
Jahongir Nishonboyev
Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий