Ijro etuvchi apparat kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun hududiy birlashma ijro etuvchining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish ishida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi raisi Jahongir Toshpulatovich Sarimsoqov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tizimda Federatsiya a’zolaridan a’zolik badallarining undirilishida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dasturiy ta’minot (programmalar) ishlab chiqish va amalda tadbiq etish masalasi dolzarbligi va yangicha dasturiy ta’minot ishlab chikish zarurati mavjudligini inobatga olgan holda, yagona dasturiy tizim ishlab chiqish va amalga tadbiq etish bo‘yicha Dasturiy ta’minot (programmalar) ishlab chiqish va joriy etish faoliyati bilan shug‘ullanadigan “ICAN IT-GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kiritilayotgan taklif asosida a’zolardan badallarni avtomatik ravishda undirib borilishi bo‘yicha yangicha tizim joriy etish va uning qulaylik va afzalliklari masalalari muhokama etildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий