Sport maktabi mas’ul xodimlari va trenerlari uchun targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Sport maktabi mas’ul xodimlari va trenerlari uchun targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Internet xavfsizligi masalalaridagi yana bir seminar Oltiariq tumani sport maktabi jamoasi vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

“Internet xavfsizligi – sohada iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari” deb nomlangan mazkur tadbirda ishtirokchilarga internetdan foydalanishda medisavodxonlikning tutgan o‘rni va ahamiyati, shaxsda mediasavodxonlik va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, spam, bank kartalari vositasidagi qallobliklar, fishing, kibertovlamachilik, kiberbulling, bolalarni noxush axborotlardan himoya qilish masalalarida fikr va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy ijro etuvchi apparatlari faoliyati yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий