Nuqsonli muzlatgich maqbul sifatdagisiga almashtirildi
O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan Furqat tumanilik K.Xumorovning o‘zi yashab turgan tumandagi “Furqat NIYu ORZU” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli do‘kondan xarid qilingan muzlatgichni nuqsonli chiqqanligi bilan bog‘liq muammo yuzasidan qilgan murojaatlari hal bo‘lmay kelayotganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.
Murojaat egasiga ko‘ra, u yuqoridagi tashkilotga tegishli bo‘lgan savdo do‘konidan xonadonida foydalanish uchun narxi 6 936 000 (olti million to‘qqiz yuz o‘ttiz olti ming) so‘m bo‘lgan muzlatgichni xarid kilib foydalanishi davrida unda nuqson mavjudligi yuzaga chiqadi. Mahsulotning nuqsonli chiqqanligi masalasida u tashkilot mas’ullariga murojaat kilgan. Savdo do‘koni xodimlari esa ushbu masalada servis markaziga murojaat qilganliklarini, hozircha hech qanday natija bo‘lmayotganligini aytib kelganlar.
Murojaatni o‘rganish davrida savdo do‘koni mas’ullariga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi konunga ko‘ra, agar iste’molchiga sotilgan tovarda nuqson mavjudligi aniqlansa va iste’molchi tomonidan bunday tovarni almashtirish talabi qo‘yilsa, sotuvchi qonunning 14-moddasiga asosan yetti kunlik muddatda uni maqbul sifatdagi tovarga almashtirish chora-tadbirlarini ko‘rishi, agar iste’molchi tovardagi nuqsonlarni bepul bartaraf etilishi talabini qo‘ygan bo‘lsa, sotuvchi kafolat muddati ichida aniqlangan nuqsonlarni 20 kunlik muddatda bepul bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshirishi lozimligi, ushbu muddatlarni sababsiz o‘tkazib yuborilishi esa sotuvchidan penya (neustoyka) undirib olinishiga sabab bo‘lishi kabi holatlar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi. O‘tkazilgan tushuntirishlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan sotuvchi nuqsonli tovarni maqbul sifatdagi xuddi shunday tovarga almashtirib berdi.
Isomiddin Abbosov
O‘zbekiston tuman jamiyati mutaxasisi
(illyustrativ foto
Отправить комментарий