Mehmonlar Oltiariq va Rishton tumanlarida bo‘ldilar
Qozog‘iston iste’molchilar milliy ligasi boshqaruvi raisi Svetlana Romanovskaya boshchiligidagi delegasiya viloyatimizga tashrifi davomida Oltiariq tumanida bo‘ldilar.
Ular bu yerda uzumchilikni rivojlantirish, uzum mahsulotlarini yetirish va eksport qilish, meva-sabzavotlarni saqlash faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Qozog‘istonlik mehmonlar Rishton tumanida ham bo‘ldilar.
Usta kulol Ravshan Tojiddinov ustaxonasi faoliyati, bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti, kulolchilik muzeyi mehmonlarda katta taassurotlar qoldirdi.
Shunday qilib Qozog‘iston iste’molchilar milliy ligasi delegasiyasining Farg‘ona viloyatiga tashrifi tadbirlari o‘z nihoyasiga yetib, mehmonlar Toshkent shahriga jo‘nab ketdilar.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий