Asossiz qarzdorlikni bartaraf etilishi chora-tadbirlari ko‘rildi

Asossiz qarzdorlikni bartaraf etilishi chora-tadbirlari ko‘rildi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Zuhro mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi A.E.ning xonadoniga suv ta’minotidan noreal qarzdorlik chiqarib berilgani, bir necha oydan buyon mazkur noreal qarzdorlikni bartaraf qilishda muammolar yuzaga kelayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish davomida iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun iste’molchining bank plastik kartochkasi orqali to‘lovlar amalga oshirib kelinayotganligi, uning suv ta’minoti korxonasidagi shaxsiy hisob raqamiga ko‘rsatkichlarni noto‘g‘ri kiritilishi oqibatida tashkilot elektron bazasida 2 mln 339 ming so‘m noreal qarzdorlik yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Murojaatni ko‘rib chiqilishi natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar to‘plami suv ta’minoti korxonasiga taqdim etilib, asossiz qarzdorlikni iste’molchining bo‘ynidan soqit qilinishi bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rilishi ta’minlandi.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий