Muzlatgichdagi nuqson bepul bartaraf etib berildi
Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning Bog‘iston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi N.Qurbonovaning Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchiga ko‘ra, u tuman hududida faoliyat yuritib kelayotgan “UNVERSAL” kredit savdo do‘konidan 3 mln 873 ming 900 so‘mga xarid qilib olgan «Artel» markali muzlatgichning tag qismida, muzlatgichni bir joydan ikkinchi joyga jildirish uchun xizmat qiladigan, bitta g‘ildirakchasi yo‘qligi masalasida sotuvchiga murojaat qilganligi, lekin sotuvchi muammoni hal qilib berish ishlarini paysalga solib kelayotganligini ma’lum qiladi.
Murojaatga oydinlik kiritish uchun savdo do‘kon rahbariyati va servis markazi xodimlariga amaldagi qonunchilik talablari, xususan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning 15-moddasida belgilab qo‘yilgan tovar nuqsonlarini bepul bartaraf etish tartiblari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. O‘rganish ishlari davomida servis markazi xodimlari iste’molchining xonadoniga tashrif buyurib, muzlatgichdagi nuqson bepul bartaraf etildi.
Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий