Federatsiya tayanch guruhi faoliyatini tashkillashga qaror qilindi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tumandagi 19-umumta’lim maktabida ta’lim muassasasi o‘qituvchi va texnik xodimlari uchun davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olgan tuman jamiyati raisi Baxtiyor Abduraxmonov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni va sohaga oid boshqa qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlari ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabr kunidagi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 414-sonli qarorining o‘rni va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Mazkur qaror bilan butun respublikamiz bo‘ylab iste’molchilik ijtimoiy harakatining keng quloch yoyishi uchun katta imkoniyatlar yaratib berilganligi, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tashkil etilishi hamda uning faoliyati to‘g‘risida gapirib o‘tib, maktabda Federatsiyaning tayanch guruhini tashkillash yo‘li bilan xodimlarni Federatsiya a’zoligiga qabul qilish hamda ularning yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakatida, jamoatchilik nazorati ishlarida faol ishtirok etishlari yuzasidan taklif kiritdi. Taklif jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlandi hamda muassasada Federatsiya tayanch guruhi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar bilan kundalik faoliyat davomida iste’molchi sifatida turli muammolarga duch kelganda Federatsiya hududiy ijro etuvchi tuzilmalariga murojaat qilish hamda jamoatchilik nazorati tadbirlarida ishtirok etish yo‘l-yo‘riqlari, ushbu jarayonda tayanch guruhi faollarining tutgan o‘rni va roli yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilib, bu borada o‘zaro fikr va mulohazalar almashildi.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий