«Jarima» summasi iste’molchiga qaytarildi
Bag‘dod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Muqimiy» mahalla fuqalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Q.Akbarovaning murojaati o‘rganildi.
Murojaatchiga ko‘ra, u shu yilning fevral oyi boshlarida tuman markazida joylashgan «Aziya» kredit savdo do‘konidan ORRO A17 rusumli telefon apparatini 3 mln 50 ming so‘mga xarid qilgan. Telefonni uyga olib borib ishlatishi jarayonida unda qizib ketish, quvvatining hech qancha vaqtga yetmasdan o‘chib qolish holatlari kuzatilgan. Savdo do‘koniga kelib nuqsonlar to‘g‘risida sotuvchiga aytganida esa, almashtirib olishi uchun 305 ming so‘m jarima to‘lashi kerakligi aytilgan. U yonida 120 ming so‘m puli borligini aytganida sotuvchi tomoni ushbu summaga rozi bo‘lib, iste’molchi nuqsonli deb da’vo qilgan telefon olib qolingan. Lekin oradan bir oy o‘tib, iste’molchidan oylik to‘lovlardan qarzdorlikni bartaraf qilib qo‘yilishi so‘ralgan.
Murojaatni o‘rganish davomida tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan sotuvchi tomon mas’ul xodimlari bilan uchrashilib, amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari borildi. O‘rganish natijalari bilan esa shartnoma bekor qilinishiga, nuqsonli telefon sotuvchi tasarrufiga topshirilganligidan kelib chiqqan holda, «jarima» uchun deb olingan 120 ming so‘m pulni iste’molchiga qaytarilishiga erishildi.
Diloramxon Mirzayeva
Bag‘dod tuman jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий