Yo‘l kira haqini o‘zboshimchalik bilan oshirib olinishi holati bartaraf qilindi
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shu tumanda istiqomat qiluvchi S.X.ning Bosh prokuratura ishonch telefoniga qilgan murojaati masalaning tegishliligi bo‘yicha o‘rganildi.
Murojaatda tumandagi «Beshariq-Tovul» yo‘nalishida yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirayotgan «Xayiboev Bekzod kelajagi» MChJga qarashli Damas rusumli avtotransportlar haydovchilari tomonidan yo‘l kira haqlari asossiz ravishda 3000 so‘mdan 4000 so‘mga oshirib olinganligiga e’tiroz bildiriladi.
O‘rganish ishlari davomida iste’molchining e’tirozlari o‘rinli ekanligi, shuning bilan birgalikda yo‘lovchi tashish transportlari salonlarida yo‘l kira haqlari to‘g‘risida yo‘lovchilarga o‘z vaqtida zarur ma’lumotlarni (yo‘l kira haqi va b.) tanishish uchun qulay joylarga qo‘yilmaganligi, haydovchilar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yo‘l kira haqlarini 3000 so‘mdan 4000 so‘mga oshirib olinganligi, tashuv faoliyatini amalga oshiruvchi korxona tomonidan ushbu harakat (harakatsizlik)larga yo‘l qo‘yib berilishi esa «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 6 va 9-moddalari bilan o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmay kelayotganligi, qonunning 21-moddasida ko‘rsatilgan qonunbuzilishi holatlarini kelib chiqishiga sharoit yaratib berayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Tuman jamiyati yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirayotgan korxonaga qonunchilik talabalri buzilishini bartaraf etilishi yuzasidan xat kiritdi. Korxonadan esa, ko‘rsatilgan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etilganligi, bu borada haydovchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ularga qat’iy ogohlantirishlar berilganligi, yo‘l kira haqlarini 3000 so‘mdan oshirmagan holda yo‘lovchi tashish faoliyatini nazoratga olinganligi haqida rasmiy javob xati olindi.
Baxtiyor Jo‘rayev,
tuman jamiyati mutaxassisi
(illyustrativ foto)
Отправить комментарий