Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi yurtimizdagi barcha jurnalistlar, gazeta va jurnallar, tele-radiokanallar, nashriyot va matbaa korxonalari fidoyilarini, milliy jurnalistikamiz rivoji yo‘lida o‘zini ayamasdan, fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha insonlarni 27 iyun – «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!
Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz!
Hududiy birlashma jamoasi
Отправить комментарий