Iste’molchi muammosi tezkorlikda bartaraf etib berildi

Iste’molchi muammosi tezkorlikda bartaraf etib berildi

— Men iyul oyining oxirlarida yashash xonadonimga o‘zaro kelishgan holda (700 000 so‘mga) 52 kvadrat metr linoleumni yopishtirish uchun qo‘shnimni ukasi Sh. ismli ustani yolladim. Usta ishni tugatgach, xonadonimni kirish qismida chuqur paydo bo‘lib qoldi. Shunda men yollagan ustaga telefon qildim va holatni tushuntirdim. U menga ertaga, indinga to‘g‘rilab beraman, deb aldab kelmoqda. Sizlardan iltimos shu holat bo‘yicha menga amaliy yordam berishingizni so‘rayman, — deydi Farg‘ona shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi I.G. shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga bergan arizasida.

Murojaat qabul qilib olinib, tegishli ravishda rasmiylashtirish ishlari bajarilgach, jamiyat mutaxassisi xonadonga linoleumlarni yopishtirib bergan ustaning telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan fuqaroning murojaati, murojaatda keltirilgan e’tirozlar va ularni ko‘rib chiqish tartiblari, shuningdek amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borgach, u shu kunni o‘zida muammoni bartaraf etishga va’da berdi.

Natija esa uzoq kuttirmadi. Oradan muayyan vaqt o‘tib shahar jamiyatiga qo‘ng‘iroq qilgan murojaat muallifi, usta yuzaga kelgan muammoni bartaraf etib berganligini ma’lum qilib, jamiyat xodimlariga o‘z murojaati yuzasidan olib borilgan tezkor harakatlar va erishilgan ijobiy natija uchun minnatdorchiligini izxor qildi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi.

(illyustrativ foto)

Отправить комментарий