Boshqa hisob raqamiga tushib qolgan 1 500 000 so‘mlik to‘lov tegishli hisob raqamga qaytarildi
Oltiariq tuman “Maorif” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sh.E.ning xonadonida foydalanilgan tabiiy gaz uchun elektron ilova yordamida amalga oshirgan 1 500 000 so‘m to‘lovi shaxsiy hisob raqamiga tushmaganligini bildirib bergan yozma murojaati tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Murojatni o‘rganish jarayonida o‘tgan yilning sentyabr oyi boshlarida iste’molchi tomonidan click vositasida tabiiy gaz uchun, haqiqatdan ham, bir yarim million so‘m million mablag` o‘tkazilganligi, biroq to`lov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan hisob raqamni kiritishda iste’molchi tomonidan xatolikka yo‘l qo‘yilganligi sababli to‘lov summasi boshqa hisob raqamga tushib qolganligi qayd qilindi. O‘rganish davomida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borilib, to‘lov summasini adashib tushirib yuborilgan hisob raqamidan iste’molchining shaxsiy hisob raqamiga qaytarib tushirib berilishiga erishildi.
Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий