Xodimlar uchun o‘quv yo‘nalishidagi tadbir bo‘lib o‘tdi
Hududiy birlashma tomonidan tuman (shahar) jamiyatlarida mehnat faoliyati olib boaryotgan xodimlarning kasbiy bilim va mahoratini oshirish maqsadida «Tizimda olib borilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritishda zamonaviy internet texnologiyalaridan samarali foydalanish» mavzusida davra suhbati tashkillandi. Tadbirga O‘zNNTMAning viloyat hududiy bo‘linmasi va «O‘zbekinvest» EISK viloyat filiali hamda O‘zLiDeP Farg‘ona shahar kengashi hamkorlik qildi.
Tadbirda hududiy tashkilotlar tomonidan iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish natijalarini, shuningdek ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni internetdagi veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish masalalari, o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida adliya organlarini xabardor qilish tartib tamoyillari, joylarda yaqinlashib kelayotgan 15 mart «Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni» munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni tizimli va tartibli asosda o‘tkazish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rtoqlashildi.
Shuningdek, O‘zNNTMA viloyat hududiy bo‘linmasi, «O‘zbekinvest» eksport import sug‘urta kompaniyasi viloyat filiali hamda O‘zLiDeP Farg‘ona shahar kengashi mas’ul xodimlarining mavzuga oid fikr va mulohazalari tinglandi.
Отправить комментарий