Mebellar jamlamasidagi nuqsonli qismlar maqbul sifatdagisiga almashtirildi

Mebellar jamlamasidagi nuqsonli qismlar maqbul sifatdagisiga almashtirildi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi M.S. tomonidan 7 300 000 so‘mga xarid qilingan mebel jamlamasida nuqsonlar aniqlangani, sotuvchiga bu borada qilingan murojaat esa ijobiy natija bermayotgani xususidagi murojaat o‘rganildi.

Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, u mebellar to‘plamini joriy yilning yanvar oyida Marg‘ilon shahridan xarid qilgan. Mebellar farzandi to‘yi uchun atab xarid qilinganligi sababli sotuvchidan keltirilgan qadoqda saqlab kelingan. Lekin to‘y arafasida mebellarni xonadonga joylash paytida ularning ayrimlarida nuqsonlar mavjudligini ko‘rishgan. Ushbu masalada sotuvchiga qilingan murojaatdan esa ijobiy natija bo‘lmagan.

Murojaat shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida, sotuvchiga qonunning 13-moddasi talablari, xususan iste’molchi o‘ziga sotilgan to‘plamlar, garniturlar, komplektlar va komplekslarning mustaqil tarkibiy qismi bo‘lgan va mustaqil narxga ega bo‘lgan buyumlarda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, butun to‘plam, garnitur, komplekt va kompleksga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham o‘z qonuniy talablarini qo‘ya olishi mumkinligi tushuntirildi. Buning natijasida iste’molchiga sotilgan mebel to‘plamidagi nuqsonlari mavjud qismlar maqbul sifatdagilariga almashtirib berilishiga erishildi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

(illustrativ foto)

Отправить комментарий