Bundan ikki yil oldin to‘langan soliq to‘lovida yuzaga kelgan tushunmovchilikka oydinlik kiritildi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Marg‘ilon shahar «Zuhro» mahalla fuqarolar yig‘inida yashab, Farg‘ona shahridagi tashkilotlardan birida mehnat faoliyatini olib boruvchi U.X.ning mol-mulk solig‘i uchun 21.06.2022 yil kunida to‘lagan 106 000 so‘m to‘lovini shaxsiy hisob varaqasida aks etmaganligi va o‘z sa’y-harakatlari bilan bu borada ijobiy natijaga erisha olmayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.
Fuqaro o‘z murojaati bo‘yicha bergan qo‘shimcha og‘zaki tushuntirishida mol-mulk solig‘i uchun to‘lov Marg‘ilon shahar davlat soliq inspeksiyasiga borib amalga oshirilganligini ma’lum qiladi. Farg‘ona shahar jamiyati tomonidan, fuqaro arizasi va uning tomonidan tomonidan taqdim qilingan to‘lov kvitansiyasini ilova qilgan holda, shu kunni o‘zida Farg‘ona viloyat davlat soliq boshqarmasiga aloqa xati kiritildi. Boshqarmadan olingan javob xatida esa mazkur masala boshqarma mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilganligi va uning yakunlari bilan fuqaroning 21.06.2022 yil kunidagi 106 000 so‘m to‘lovi shaxsiy varaqaga hisobga olinganligi ma’lum qilindi.
Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий