Sotuvchidan iste’molchining 500 ming so‘m puli qaytarib olindi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning S.Temur ko‘chasida yashovchi B.Yu.ning o‘zi uchun xarid qilib, mos kelmaganidan so‘ng sotuvchiga qaytarilgan kiyimning puli sotuvchi tomonidan qaytarilishi paysalga solib kelinayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.
Murojaatchiga ko‘ra, u Farg‘ona shahar Buyum bozoridan xarid qilgan kiyimni sotuvchiga qaytarganligini, sotuvchi kiyimni qaytarib olib, pulini tez kunlarda qilib berishga va’da berganligini, lekin oradan muayyan vaqt o‘tgach «Qachon sotilsa beraman», — qabilidagi muomalaga o‘tib olganligini ma’lum qilib, pullarini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragandi.
Murojaat shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan tezkorlikda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida mutaxassislarning sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan bergan tushuntirishlari zoe ketmadi. Sotuvchi iste’molchining 500 ming so‘m pulini qaytarib berib, muammoni tezkorlikda bartaraf etdi.
Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий