O‘n million so‘mga xarid qilingan skuter nuqsonli chiqdi

O‘n million so‘mga xarid qilingan skuter nuqsonli chiqdi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Toshkent shahar Shayhontoxur tumanida yashovchi O.I.ning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalardan ko‘rib Marg‘ilon shahridan 10 373 000 so‘mga xarid qilingan skuterni sotuvchiga qaytarib, pulini qaytarib olish masalasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rgan reklamasi asosida xarid qilingan skuter unga yetkazib berilgach, rul va boshqa qismlarida nuqson mavjudligini aniqlab, sotuvchiga bu haqda ma’lum qilgan. Sotuvchi masofa olisligi sababli aniqlangan kamchiliklarni usta yordamida bartaraf qilishni maslahat bergan. Lekin ushbu masalada tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilmach, Federatsiya ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, masalani qonuniy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

O‘rganish ishlari doirasida sotuvchi — “Bolalar buyuk orzusi” savdo do‘koni mas’ullari bilan uchrashilib, amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirish ishlari besamar ketmadi. Nuqsonli chiqqanligi da’vo qilingan skuter uchun to‘langan 10 373 000 so‘m pul mablag‘i iste’molchining bank plastik kartasiga qaytarildi.

Avazbek Yusupov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

(illyustrativ foto)

Отправить комментарий