Farg‘ona tumanida jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazildi

Farg‘ona tumanida jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazildi

{:uz}

Hududiy birlashma ishchi guruhi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tegishli qonunchilik hujjatlari asosida ishlab chiqilgan topshiriq asosida, iste’molchilar huquqlarini himoya qilinishini ta’minlash, aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususan, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarilishi va realizasiya qilinishi holatlariga chek qo‘yishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida hududlardagi savdo do‘konlari, umumiy ovqatlanish shohobchalarida tizimli asosda jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar o‘tkazib borilmoqda.

O‘rganishlar doirasida iste’molga yaroqsiz deb topilgan tovarlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli davlat organlari tomonidan yo‘q qilinishi (buning iloji bo‘lmagan taqdirda, monitoring o‘tkazilayotgan sub’ektning moddiy javobgarligi asosida dalolatnoma tuzgan holda vaqtincha saqlovga topshirish va keyinchalik belgilangan tartibda yo‘q qilinishi) choralari ko‘rilishi belgilangan.


Federatsiyaning yuqoridagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Raqobat boshqarmasi, Texnik jixatdan tartibga solish, Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi idoralari vakillari hamda Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda, Farg‘ona tumanida tanlama asosda jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida umumiy qiymati 5 006 000 so‘m bo‘lgan 38 turdagi ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlari hamda umumiy qiymati 619 000 so‘m bo‘lgan 11 turdagi yaroqlilik (saqlash) muddatlari o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini savdodan olinib, mas’ullarga bunday qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilishi qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Ma’lumot uchun:

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasi oltinchi xatboshisiga asosan, dori vositalari va tibbiy buyumlarda, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qabul qilish hamda realizasiya qilish man etiladi.

Отправить комментарий