Qarzdorlik summasiga aniqlik kiritilib, uning asossiz hisoblangan qismi bartaraf qilinadigan bo‘ldi
Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Farovonlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.I.ning uning xonadoniga nisbatan tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha 2 000 000 so‘mdan ortiqroq noreal qarzdorlik chiqarilganligi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati masalaning tegishliligi bo‘yicha o‘rganildi.
Istemolchi murojaatini o‘rganish jarayonida tuman gaz idorasiga yuzaga kelgan holatga aniqlik masalasida so‘rov xati ham kiritildi. O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, abonent (iste’molchi)ga hisoblangan jami qarzdorlik 2 107 873 so‘m bo‘lib, gaz idorasi komp’yuter dasturiga mart oyida 739 100 so‘m, iyul oyida 1 064 000 so‘m, jami 1 803 100 so‘m Dalolatnoma hisob-raqamiga kiritilgan bo‘lib, ishchi guruh tomonidan o‘rganish natijalariga ko‘ra ushbu summa asossiz kiritilgan deb topildi va iste’molchida mavjud bo‘lgan real qarzdorlik summasi 304 773 so‘mni tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi.
Murojaat asosida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan iste’molchiga javob xati yuborilib, real qarzdorlik summasini tezkorlikda bartaraf etishi lozimligi tushuntirildi.
Xusniddin Latipov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий