Sovutgichda kafolat muddati ichida yuzaga kelgan nuqson sotuvchi tomonidan bepul bartaraf etib berildi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Eskiarab» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.Z.ning 3 mln 700 ming so‘mga xarid qilingan sovutgichni nuqsonli chiqqanligi holati yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi «Elite» rusumli sovutgichni tumanda faoliyat olib borayotgan «Texnomart» savdo do‘konidan xarid qilgan. Sovutgichdan foydalanishi jarayonida unda nuqson kuzatilib, yaxshi ishlamay qolgan. Shundan so‘ng iste’molchi ushbu masalada sotuvchiga, so‘ngra Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi davomida sotuvchi bilan uchrashilib, yuzaga kelgan holat, ushbu holatda iste’molchi huquqlari va sotuvchi majburiyatlari bo‘yicha qonunchilik talablari tushuntirilishi bilan tovarda kafolat muddatida yuzaga kelgan nuqsonni sotuvchi tomonidan bepul bartaraf etib berilishi yuzasidan ishlar olib borildi hamda sovutgichdagi nuqson servis markazi ustalari tomonidan bartaraf etilib, iste’molchining qo‘liga soz holatda topshirildi.
Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий