Shartnoma bekor qilinib, to‘langan pul summasi qaytarib olindi

Shartnoma bekor qilinib, to‘langan pul summasi qaytarib olindi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Yozyovon tumani «Xonobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi O.A.ning shartnomada oldi-sotdi jarayonida kelishilganidan boshqa narx qo‘llangani, shuningdek xarid qilingan tovarda nuqson aniqlangani sababli shartnomani bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaat o‘rganildi.

Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, u Marg‘ilon shahridagi savdo do‘konidan narxi 9 400 000 so‘m bo‘lgan uch g‘ildirakli skuterni skuterni oldindan 3 500 000 so‘m to‘lash, qolgun summani esa 6 oy davomida bo‘lib to‘lab berish sharti bilan xarid qiladi. Tovar xonadonga olib kelingach, uning akkumulyator qismida defekt mavjudligi, kamiga shartnomada bo‘lib to‘lanishi lozim bo‘lgan summa og‘zaki kelishuv davomida kelishilganidan ko‘ra ko‘proq yozib yuborilgani ma’lum bo‘ladi.

Murojaatni o‘rganish davomida sotuvchiga amaldagi qonunchilik bo‘yicha iste’molchida tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilishi, shuningdek nuqsonli tovar sotilganda vujudga keladigan huquqlar, yuzaga kelgan holatda uning qonuniy talablari tushuntirildi. Natijada shartnoma bekor qilinib, iste’molchi tomonidan to‘langan oldindan to‘lov summasini to‘liq qaytarilishiga erishildi.

Avazbek Yusupov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий