Federatsiya tashabbusi bilan tashkillangan xalqaro tadbir yuksak saviyada o‘tdi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi raisi Ahrorjon Raxmonaliyev boshchiligidagi hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari mas’ul xodimlaridan iborat delegasiya ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti a’zo-ishtirokchi davlatlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarining Maslahat yig‘ilishida faol ishtirok etdilar.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamkorligida tashkillangan mazkur xalqaro tadbir doirasida “Xalqaro turizm huquqi va turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish muammolari” va “Elektron tijorat sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: xalqaro tavsiyalar va mamlakatlar tajribasi” mavzularida alohida konferensiyalar tashkillandi.
Shuningdek, ushbu xalqaro tadbir davomida Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotlari qoshida mazkur nufuzli tashkilotlarga a’zo-ishtirokchi davlatlarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi tashkilotlari Xalqaro assosiasiyalarini tuzish taklifi kiritilib, taklif tashabbus tadbir ishtirokchilari tomonidan ma’qullandi.
Отправить комментарий