Targ‘ibot tadbirlari samaradorlikka xizmat qilmoqda

Targ‘ibot tadbirlari samaradorlikka xizmat qilmoqda

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan joylarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonunchilik hujjatlari targ‘ibotini kuchaytirish, bu orqali iste’mol va murojaat madaniyatini oshirish, sifatsiz tovar (ish, xizmat)lar realizasiya qilinishini oldini olish maqsadida “Targ‘ibot tadbirlari dolzarb qirq kunligi” e’lon qilingan.
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli bo‘limlar va oilaviy poliklinikalarda o‘tkazilayotgan tadbirlar ham shular jumlasidandir.

Shunday targ‘ibot uchrashuvlaridan biri 52-oilaviy poliklinika xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari amaldagi qonunchilik, ularga ko‘ra iste’molchining huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘l-yo‘riqlari, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalariga murojaat qilish, shuningdek amaldagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish hamda unda Federatsiya a’zolarining ishtiroki masalalarida tushuntirishlar berib o‘tdilar.

Tadbirlar doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish borasida Federatsiya a’zolarining taklif va mulohazalari ham o‘rganib borilmoqda.

Husnida Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий