Oliy ta’lim dargohi qoshidagi akademik lisey mehnat jamoasi ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi va O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida ijtimoiy sheriklik yo‘li bilan iste’molchilik ijtimoiy harakatini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi akademik lisey o‘qituvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yuqoridagi chora-tadbirlar rejasi asosida belgilab maqsad va vazifalar, ularning ijrosini ta’minlash yo‘nalishida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berish barobarida Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar ham berib o‘tildi.
Tadbir yakunlariga lisey mehnat jamoasi hamda Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyati o‘rtasida iste’molchilarning sohaga oid huquqiy bilimlarini oshirib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda sohaga oid qonunlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borilishiga kelishib olindi.
Отправить комментарий