Salkam 24 million so‘mlik qarzdorlik iste’molchi zimmasidan soqit qilinadigan bo‘ldi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Al–Farg‘oniy ko‘chasida yashovchi M.M.ning xonadoniga iste’mol qilingan elektr energiyasi to‘lovlari bo‘yicha 23 900 000 so‘m asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligi va holatga oydinlik ikritilib, muammoni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatchi xonadon yangi qurib bitkazilganligi, xali ko‘chib chiqmaganliklari, o‘z-o‘zidan elektr energiyasidan ham uzluksiz foydalanilmaganligi va asossiz qarzdorlik kelib chiqishiga xonadonga o‘rnatilgan hisoblagichning xato ishlashi sabab bo‘lishi mumkinligini ma’lum qiladi.
Murojaatni o‘rganish davomida iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlar tasdig‘ini topdi. Xonadonga o‘rnatilgan hisoblagichni navbatdan tashqari qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra u metrologiya idorasining tegishli xulosasi asosida nosoz deb topildi. Bu elektr ta’minoti idorasidan olingan javob xati bilan ham tasdig‘ini topdi. O‘rganish natijalari bilan 23 900 000 so‘m asossiz qarzdorlikni iste’molchining zimmasidan soqit qilish bo‘yicha kerakli hujjatlar to‘planib, xatlov asosida bartaraf etiladigan bo‘ldi.
Nigora Usmonova,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий