Iste’molchini qiynab kelgan muammo ijobiy yechim topdi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning «Kosibchilik» mahalla fuqarorlar yig‘ini hududida yashovchi A.A.ning xonadoniga o‘rnatilgan suv hisoblgagich uskunasi bilan bog‘liq muammo yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida ichimlik suvi ta’minoti korxonasiga bir necha bor murojaat qilishiga qaramay xonadoniga o‘rnatilgan suv hisoblagich uskunasi korxonada tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, billing bazasiga kiritilishi ishlari nihoyasiga yetkazilmasdan kelinayotganligini ma’lum qilib, masalani ijobiy yechim topishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.
Shahar jamiyati tomonidan fuqaroning murojaati asosida ichimlik suvi ta’minoti korxonasiga so‘rov xati kiritilib, iste’molchini qiynab kelayotgan muammo yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishi so‘raldi. O‘rganish davomida korxonadan olingan javob xatida iste’molchi xonadonidagi suv hisoblagich uskunasi haqiqatan ham billing bazasiga kiritilmasdan qolganligi qayd qilinib, uskuna tegishli tartibda bazaga kiritilganligi va iste’molchi murojaati ijobiy hal etilganligi ma’lum qilindi.
Nigora Usmonova,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий