«15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni»ga bag‘ishlab brifing hamda hamkorlikdagi tadbir bo‘lib o‘tdi

«15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni»ga bag‘ishlab brifing hamda hamkorlikdagi tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi hamkorligida 15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuniga bag‘ishlab tadbir tashkillandi.

Tadbirda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga daxldor idoralar mas’ullari, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi va “Yuksalish” harakati viloyat bo‘linmalari, qonun ijrosini amalga oshirishda hamkor bo‘lgan tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan tadbir doirasida mazkur mavzuda brifing o‘tkazildi.

Shundan so‘ng tadbir tashkilotchilari tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda, shuningdek iste’molchilaring huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish, bu borada jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yish borasidagi targ‘ibot va tushuntirish ishlarida faol ishtirok etayotgan bir qator hamkor tashkilotlari vakillariga Qo‘mita hamda Federatsiyaning Faxriy yorliq hamda Tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra, yurtimizda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, ularning huquqiy bilim va iste’mol madaniyatini oshirish, bu boradagi jamoatchilik nazorati ishlariga aholi vakillarini keng jalb qilishda o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklikni yanada yaqindan yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

fotolar: UzA fotomuxbiri Muqimjon Qodirov

Отправить комментарий