Kafel sifatsiz chiqdi

Quvasoy shahrida yashovchi R. Tursunov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoniga murojaat qilib, Farg`ona shahridagi “Xurshidbek madad invest” xususiy korxonasi (murojaatni o`rganish davomida maʼlum bo`lishicha, aslida yakka faoliyat koʼrsatuvchi tadbirkor J.Mirzaxamdamov)dan import kafel mahsulotini 12800000 (o`n ikki million sakkiz yuz ming) so`mga sotib olganligini, lekin kafel sifatsiz chiqqanligi sababli tadbirkorga nuqsonli tovarni qaytarib, pulini qaytarib olib berilishida amalaiy yordam ko`rsatilishini so`ragan.

Mazkur murojaat tegishliligi bo`yicha Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi xodimlari tomonidan o`rganib chiqildi. Maʼlum bo`lishicha, isteʼmolchi tomonidan har bir metr kvadrati 80000 (sakson ming) so`mdan sotib olingan 160 metr kvadrat kafel xonadonga olib borib ko`rilganda ularning o`lchamlari bir xildamasligi, sifati ham sotuvchi aytgan darajada emasligi maʼlum bo`lgan. Shundan so`ng isteʼmolchi bu borada sotuvchiga murojaat qilgan, lekin u uning qonuniy talabini bajarmagan.
Murojaatni o`rganish davomida nuqsonli tovar isteʼmolchi ishtirokida to`lig`icha sotuvchiga qaytarildi. Sotuvchi tovarni qabul qilib olish barobarida isteʼmolchiga 5000000 (besh million) so`m pul ham qaytarib, qolgan summani tez kunlarda qaytarishi to`g`risida kafolat xati ham yozib berdi. Shundan so`ng orada o`tgan bir oy ichida isteʼmolchiga qolgan 7800000 (yetti million sakkiz yuz ming) so`m puli ham qaytarib berilishiga erishildi.
Mening O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoniga Farg`ona shahrida faoliyat ko`rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor J.Mirzaraximovdan sotib olgan kafel mahsulotining sifatsiz chiqqanligi to`g`risidagi murojaatim Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi mutaxassisi tomonidan o`ganib chiqildi. O`rganish natijasiga ko`ra, kafel uchun to`lagan pulimni to`liq qaytarib olib berildi,deydi R. Tursunov o`rganish natijalariga ko`ra hududiy birlashmaga taqdim qilgan Minnatdorchilik xatida. Shu sababli O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida ishlovchi rahbarlarga hamda ularni qo`l ostida ishlovchi xodimlarga o`zim va oila aʼzolarim nomidan minnatdorchiligimizni bildiraman va olib borayotgan ishlariga omad tilayman.

Faxriddin Boynazarov
O`IHHQJF Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi sektor boshlig`i