Hisob raqamga tushmay qolgan to`lovlar

“Men, Isaqov Qodirjon 19.11.2019 yilda Federatsiyaning 1091 ishonch telefoniga qo`ng`iroq qilib, Dang`ara tuman ichimlik suvi korxonasi tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan norozi bo`lib qilgan murojaatim Dang`ara tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o`rganib chiqildi va meni ichimlik suvidan 345000 (uch yuz qirq besh ming) so`m haqdorligimni aniqlab, menga amaliy yordam ko`rsatishdi.
Men Dang`ara tuman jamiyatiga o`z minnatdorchiligimni bildiraman”.

Dang`ara tumani Chinobod qishlog`ida yashovchi Q.Isaqov Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilganidan so`ng, murojaat tegishliligi bo`yicha Dang`ara tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “Suvoqova” DUK tuman filiali mutaxassislari ishtirokida o`rganib chiqildi. Maʼlum bo`lishicha, isteʼmolchining o`z bank plastik kartochkasi orqali ichimlik suvi korxonasiga taalluqli bo`lgan to`lov terminaliga amalga oshirgan 16.03.2017 yildagi 74000 so`m, 09.02.2018 yildagi 100000 so`m va yana 117000 so`m, 10.02.2018 yildagi 54000 so`m, jami 345000 so`m to`lovlari abonent raqamiga tushirilmasdan qolib ketgan.
O`rganish ishlari jarayonida yuqoridagi mablag`larning isteʼmolchining shaxsiy hisob raqamiga tushirilib, uning ichimlik suvi to`lovlaridan 345000 so`m haqdorligi bo`yicha maʼlumotnoma olib berildi.

To`ychiev Raufjon
Dang`ara tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi