Barchamiz – iste’molchimiz

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi 11-maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir «Barchamiz iste’molchimiz» deb nomlandi.

Haqiqatan ham, biz kim bo‘lishimizdan, qaysi kasb egasi bo‘lishimizdan qat’i nazar, birinchi navbatda iste’molchi hisoblanamiz. Iste’molchilarning huquqiy bilimli bo‘lishlari esa kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri sanaladi.

Shu nuqtai nazardan, maktabgacha ta’lim muassasasida tashkillangan mazkur tadbir ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Ularning yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, bu borada faoliyat ko‘rsatayotgan Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha xabardorliklari oshirildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tuman jamiyati huquqiy himoya mutaxassisi Zoxidjon Ergashev tomonidan javoblar qaytarildi.

Isomiddin Abbosov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi