Ma’sul xodimlar qachongacha adashadi?

Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari Ittifok mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi M.Mo‘minovning unga tuman ichimlik suvi ta’minoti korxonasi kompyuter bazasidan 202000 (ikki yuz ikki ming) so‘m qarzdorlik chiqayotganligini ma’lum qilib, mazkur masalaga aniqlik kiritib berilishini so‘ralgan murojaati o‘rganildi.

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan holat yuzasidan o‘rganishlar davomida iste’molchining xonadonidagi hisoblagich ko‘rsatkichlari, qo‘lidagi mavjud to‘lov hujjatlari asosida qayta hisob-kitob ishlari o‘tkazildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ichimlik suvi yetkazib beruvchi korxonaning komp’yuter bazasidagi 202000 so‘m qarzdorlikning asossizligi ma’lum bo‘ldi.

Qayta hisob-kitoblar natijasida joriy yilning 20 fevral kuniga iste’molchi xonadonida o‘rnatilgan suv hisoblagichning 159 metr/kub ko‘rsatkichiga nisbatan M.Mo‘minov tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha oldindan to‘lovdaligi ma’lum bo‘ldi. Olib borilgan ishlar natijasi bilan iste’molchi zimmasiga noreal qarzdorlik yuklanishining oldi olindi.

Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi