Iste’molchilarning huquqiy bilimini oshirish tadbirlari davom etmoqda

Uchko‘prik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan tumandagi 19-umumta’lim maktabida “Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminarda yurtimizda jamoat tashkilotlarining jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va rolini yanada oshirish, ularni bu borada keng miqyosda qo‘llab-quvvatlash, pirovardida ular tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda qabul qilinayotgan qarorlar ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishlariga sharoitlar yaratib berish maqsadida katta qadamlar qo‘yilayotganligi, shu nuqtai nazardan aholining huquqiy bilimlarini muntazam oshirib borish zaruriyati alohida ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida berilgan axborotlarlar va ishtirokchilarni yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga chaqiriqlardan so‘ng ishtirokchilarning sohaga oid qiziqtirgan savollariga jamiyat raisi Lazizjon Shodmonov va boshqa mas’ullar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi