Federatsiya a’zolarining safi kengaymoqda

Sux tumanidagi 3 va 9-umumta’lim maktablarida viloyat hududiy birlashmasi ishchi guruhi tomonidan tashkillangan tadbirlarda mazkur ta’lim maskanlarining ishchi-xodimlari yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Tadbirlar doirasida mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish borasidagi mustahkam qonunchilik bazasi, uning asosida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Ta’lim maskanlarida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlarga iste’molchilik ijtimoiy harakatida ishtirok etishning afzalliklari, iste’molchi huquqining davlat boshqaruvi, nazorat idoralari va sud idoralari vositasida himoya qilish masalalarida ham tushuntirishlar berilib, ularning bu boraadgi qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati