Oliygoh mehnat jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hududiy birlashma mas’ullari bilan hamkorlikda Qo‘qon davlat pedagogika oliygohida tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqiy va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5012-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risiad”gi 414-sonli qarori asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida institut jamoasi va Federatsiya o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishini ko‘zda tutadi.

Tadbir doirasida amaldagi qonunchilik asoslari, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini vujudga kelishi va taraqqiyoti, Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari tomonidan sohaga oid qonunlar targ‘iboti va ijrosi borasida olib borilayotgan ishlar, Federatsiyaning xalqaro maydondagi faoliyati va boshqa masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tilib, oliygoh jamoasini iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati