Iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirilgach (xizmatlar uchun pul to‘langach), xaridorga (mijozga) qaytimni turli tovarlar tarzida emas, balki naqd pulda qaytarilishi masalasida A3 formatdagi plakat tayyorlanganligi va mazkur plakatlar viloyatimiz hududidagi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga bepul asoslarda tarqatilib, joylashtirilayotganligini ma’lum qilgan edik.

Hozirgi kunda Federatsiyaning viloyatimizdagi tuman va shahar jamiyatlari mas’ul xodimlari tomonidan mazkur plakatlarni hududlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining iste’molchilar tanishishi uchun qulay joylariga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Imkoniyatdan foydalanib, hurmatli iste’molchilarimizdan o‘zlarining iste’molchilik huquqlarini to‘g‘ri anglab olgan holda, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida turli tovarlar sotib olingach (xizmatlardan foydalangach) tovar (ish, xizmat)ning puli to‘langanligini tasdiqlovchi kassa yoki tovar cheklarini, shuningdek savdoni naqd pulda amalga oshirganda (xizmatlarga pul to‘langanda) qaytimini ham talab qilib olishni unutmaslikni so‘rab qolamiz.

Hududiy birlashma Axborot xizmati