Oilaviy vrachlik punkti xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi

Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hududiy birlashmaning davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida amaldagi qonunchilik talablari ijrosini ta’minlanganligi holatini o‘rganish yuzasidan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar doirasida Bag‘dod oilaviy vrachlik punktida «Bosh maqsadimiz iste’molchilarning huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini oshirish» mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berili. Shuningdek yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan mazkur harakatni yanada rivojlantirish, iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida ham ma’ulmotlar berib o‘tildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, huquqiy maslahatlar berildi.

Dilorom Mirzaeva
Bag‘dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi