Viloyatda xizmatlar sohasining 2021 yil statistik ko‘rsatkichlari yuzasidan matbuot anjumani tashkillandi

Statistika boshqarmasi majlislar zalida «2021 yilning yanvar-dekabr oylarida Farg‘ona viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanishi» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda boshqarma boshliq o‘rinbosari R.Ro‘ziboev va boshqa mas’ullar tomonidan viloyat hududidagi xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘tgan yil ko‘rsatkichlari bo‘yicha axborotlar berib o‘tildi.

Statistika boshqarmasi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra (dastlabki ma’lumotlar), viloyatimizda 2021 yil davomida sohada ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 17 810,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Bu esa ushbu ko‘rsatkichning o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 115,7 mlrd so‘mga yoki 120 % ga oshganligini ko‘rsatadi.

Jumladan, transport xizmatlari 3 666,3 mlrd so‘m, savdo xizmatlari 5 650,7 mlrd so‘m, moliyaviy xizmatlar 3 156,1 mlrd so‘m, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 905,2 mlrd so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 711,1 mlrd so‘m, sog‘liqni saqlash yo‘nalishidagi xizmatlar 372 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi iqtisodiyotning jami sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar sonidagi ulushi 66,4 %ni tashkil qilgan.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan mazkur tadbir doirasida «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi 710-son qarorining bajarilishi yuzasidan 2021 yilda amalga oshirilgan oshirilgan ishlar yakuni bo‘yicha» ham ma’lumotlar berib o‘tilib, jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati