Fuqarolar murojaatlari hamisha e’tiborda

Hududiy birlashma ish rejasiga ko‘ra, Farg‘ona tuman jamiyati bilan hamkorlikda «Fuqarolar murojaatlari hamisha e’tiborda» mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkillandi.

«O‘zbektelekom» AJning Farg‘ona tuman bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida tashkillangan mazkur tadbirda asosiy e’tibor O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy organlariga 2021 yil davomida kelib tushgan murojaatlar va ularni o‘rganib chiqilishi natijalariga qaratildi.

Ta’kidlandiki, 2021 yil davomida tizim tashkilotlariga 11 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarni o‘rganib chiqilishi yakunlariga ko‘ra 20 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi. Shundan 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar iste’molchilar manfaatini ko‘zlab sudlarga kiritilgan da’vo arizalari bo‘yicha iste’molchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish summalaridan iborat bo‘ldi.

Federatsiya tizimida iste’molchilardan murojaatlarni qabul qilib olish bo‘yicha Federatsiyaning istemol.uz rasmiy veb-saytida vertual qabulxona, 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoni, PotrebitelUz_bot telegram boti ishlab turibdi.

Tadbir doirasida amaldagi qonunchilik asoslari mazmun-mohiyati yuzasidan qo‘shimcha tushuntirish ishlari ham o‘tkazilib, ishchi xodimlarni Federatsiya tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda ishlashga chaqirildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati