Iste’molchilik ijtimoiy harakati faollarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati faollari hududiy birlashmaning navbatdan tashqari konferensiyasi oldi yig‘ilishini o‘tkazish uchun to‘plandilar. Yig‘ilishda hududdan viloyat konferensiyasiga vakillar saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Xabar berib borayotganimizdek, viloyatimiz tuman va shaharlarida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda hududiy birlashmaning navbatdan tashqari konferensiyasi oldidan hududlarda Federatsiya faollarining umumiy yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishlarda Federatsiya Kengashining so‘ngi majlisida belgilab berilgan vazifalar, viloyat va respublika konferensiyalariga tegishli takliflarni tayyorlash hamda ularda munosib ishtirok etish masalalari muhokamadan o‘tkazilmoqda.

Shuning barobarida, hududiy tashkilotlarning joriy faoliyati, erishilayotgan yutuqlar, faoliyatda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari ham Federatsiya faollari ishtirokida keng muhokamadan o‘tkazilmoqda. Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan yig‘ilish doirasida ham yuqoridagi masalalar ko‘rib chiqilib, yakunda viloyat konferensiyasiga vakillar saylab olindi.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi