Navbatdan tashqari konferensiya bo‘lib o‘tdi

Avvalroq xabar berganimizdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengashining qarori bilan joriy yilning sentyabr’-oktyabr’ oylari ichida dastlab tuman va shahar jamiyatlarining umumiy yig‘ilishlarini, so‘ngra viloyat hamda respublika konferensiyalarini o‘tkazish belgilangan edi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatidagi tuman va shahar jamiyatlari umumiy yig‘ilishlaridan so‘ng hududiy birlashmaning navbatdan tashqari konferensiyasi ham o‘tkazildi.

Navbatdan tashqari konferensiya ishida tuman va shahar jamiyatlari umumiy yig‘ilishlaridan saylangan vakillar ishtirok etdilar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasida o‘zlari vakil qilib saylagan jamoalar nomidan o‘z munosabatlarini bildirib o‘tdilar.

Konferensiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olgan holda tegishli qarorlarni qildi hamda respublika konferensiyasiga saylangan vakillarga Federatsiya konferensiyasi ishida munosib ishtirok etish uchun ishonch bildirdi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati