Federatsiya delegasiyasi «Antikontrafakt-2022» Xalqaro forumida ishtirok etmoqda

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida «Antikontrafakt-2022» Xalqaro forumi o‘z ishini boshladi. Umumiy hisobda X yubiley forumi bo‘lgan mazkur tadbir joriy yilning 26-28 sentyabr’ kunlarida bo‘lib o‘tadi.

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining «Ala-archa» qarorgohida o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro tadbirga «Yangi chaqiriqlar – kontrafakt bilan kurashishning yangi mexanizmlari» mavzusi bosh mavzu sifatida tanlab olingan. Forumning birinchi kunida intellektual mulk huquqini buzilishi bilan kurashish, raqamli kelajak, ichki bozorlarni kontrafakt mahsulotlardan himoya qilish va yagona markirovka tizimini yaratish kabi mavzularda 4 ta munozalari sessiyalar bo‘lib o‘tishi, shu mavzularda mutaxassislarning ma’ruzalari tinglanishi hamda keng muhokama qilinishi kutilmoqda.

Ikkinchi kunda o‘tadigan yana 4 ta munozarali sessiyalarda esa, kontrafaktga qarish kurashish, iste’molchi va tadbirkor o‘rtasidagi xolis munosabatlarni shakllantirish, kitob bozoridagi kontrafakt, tamaki va tarkibida nikotin saqlovchi mahsulotlarning noqonuniy aylanishini oldini olish kabi mavzular muhokama qilinadi.

Forumning oxirgi ish kunidagi munozarali sessiyalardan esa, kontrafaktga qarshi kurashish choralari, farmasevtika mahsulotlarini noqonuniy aylanishini oldini olish, qurilish materiallari va buyumlarini aylanishida texnik jihatdan tartibga solish va davlatlararo standartlashtirishning ahamiyati kabi masalalar o‘rin olgan hamda uning doirasida «Atikontrafakt-M» yoshlar forumiini o‘tkazish ham belgilangan.

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining taklifiga asosan forum ishida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegasiyasi ham mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Hududiy birlashma Axborot xizmati