Nuqsonli mobil qurilma yangisiga almashtirildi

Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Dehqonto‘da» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi G.R.ning muddatli to‘lov shartlarida xarid qilingan maishiy texnika va buyumlardan birining nosoz chiqqanligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida tumandagi «Texnomart» savdo do‘konidan Xiaomi POCO M3 4/64 Yellow rusumli mobil telefon apparati va Keenwood MG515 rusumli go‘sht maydalagichni, muddatli to‘lov shartlarida, 6 655 200 so‘mga xarid qilganligi, lekin xarid qilingan mobil qurilmada keyinchalik nuqsonlar kuzatilgach savdo do‘koni xodimlariga bu borada murojaat qilganidan so‘ng servis markaziga yuborilgan telefon apparatidagi nuqsonlarni bepul bartaraf etib berishlari hanuzgacha paysalga solib kelinayotganligini ma’lum qiladi.

Murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablarini o‘zida aks ettirgan so‘rov xati kiritildi. Uning natijasi bilan esa, iste’molchining nuqsonli deb e’tirof etilgan telefon apparati boshqa, maqbul sifatdagi mobil qurilmaga almashtirib berilishiga erishildi.

Baxtiyor Jurayev,
tuman jamiyati mutaxassisi.