Tabrik

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi va tuman (shahar) jamiyatlari mehnat jamoalari nomidan barcha ayollarimizni 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayrami bilan muborakbod etamiz!

Muhtarama onaxonlar, munis opa-singillar, dilbar qizlar! Barchalaringizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilab qolamiz!