Oliy ta’lim dargohi va hududiy birlashma o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali hamda Farg‘ona viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

TATU Farg‘ona filiali direktori F.M.Muxtarov va Farg‘ona viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi raisi A.A.Raxmonalievlar tomonidan imzolangan mazkur Memorandumda tomonlar o‘zlarining Ustav (Nizom)larida belgilangan vazifalari doirasida fuqarolarning huquq va erkinliklariga oid davlat siyosatining amalga oshirilish yuzasidan belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilishini ta’minlashda fuqarolarning oliy ta’lim va fan sohasida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vazifalar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘ZBEKISTON – 2030» Strategiyasi doirasida belgilangan maqsadlarga erishilishida va vazifalarning o‘z vaqtida hamda samarali bajarilishini jamoatchilik nazorati tartibida monitoring qilishda hamkorlik qilishlari ko‘zda tutilgan.