Qonun targ‘ibotiga bag‘ishlandi

Qonun targ‘ibotiga bag‘ishlandi

O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganining 29 yilligi arafasida Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan joylarda bir qator targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tumandagi 27-umumta’lim maktabida “Huquq va burchlarimizni o‘rganamiz” mavzusida o‘tkazilgan tadbir ham shular jumlasidandir.

Tadbir avvalida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, sohaga oid yangiliklar yuzasidan ma’lumot va axborotlar berib o‘tilib, inson o‘z huquqlarini to‘g‘ri anglab olgani holda, o‘zining konstitusion burchlarini, shuningdek iste’molchi sifatida turli shartnoma munosabatlariga kirishganida o‘ziga yuklatiladigan majburiyatlarni ham unutmasligi lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbir doirasida o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lgan holda test sinovi o‘tkazilib, ularning iste’molchi sifatidagi bilimlarni o‘zlashtirish darajalari sinovdan o‘tkazildi. Test natijalari shu yerning o‘zida ko‘rib chiqilib, o‘quvchilar test savollariga berilgan javoblari va olgan ballari yuzasidan ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Husnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий