O‘lchami mos kelmagan oyoq kiyimning puli qaytarildi

O‘lchami mos kelmagan oyoq kiyimning puli qaytarildi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Hamrak» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro G.M.ning yaqin qarindoshi uchun harid qilgan poyabzal uchun to‘langan pulni qaytarib olishda yuzaga kelayotgan muammo yuzasidan qilgan og‘zaki murojaati o‘rganildi.

Fuqaro murojaatida Marg‘ilon shahar Ipakchi buyum bozoridan qaynsinglisi uchun 170 000 so‘mga xarid qilingan poyabzal to‘g‘ri kelmaganligi, uni ertasi kuni sotuvchiga qaytarib olib kelganligi, biroq sotuvchida xuddi shu rusumdagi poyabzalning ularga mos o‘lchamdagisi yo‘qligi boisidan, oyoq kiyimni sotuvchiga qaytarish va to‘langan pulni qaytarib olish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayotganligini ma’lum qilib, ushbu masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga, bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqliligi belgilab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqqan holda, tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan sotuvchiga qonunchilik talablari va qonunda belgilangan tartib-taomillar tushuntirildi. qonun talablarini to‘g‘ri anglab yetgan sotuvchi esa, o‘z navbatida, iste’molchiga o‘lchami mos kelmagan poyabzal uchun to‘langan 170 000 so‘m pul mablag‘ini qaytarib berdi.

Husnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий