Telefondagi nosozlik servis markazi vositasida bartaraf etildi
Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «So‘kchilik» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi L.I.ning tovar shartnoma qiymatini bo‘lib to‘lash shartlari bilan xarid qilgan telefon apparatida aniqlangan nuqsonni bartaraf etilishida, buning imkoni bo‘lmagan holda yangisiga almashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi Samsung A-56 rusumli telefon apparatini 30.05.2025 yil kuni tuman markazidagi “Garant” kredit savdo do‘konidan 9 930 630 so‘mga, qiymatini bir yil davomida bo‘lib to‘lash sharti asosida xarid qilgan. Ammo telefon apparatida oradan besh kun vaqt o‘tib qizib ketish holati kuzatilgan. Shu kunning o‘zidayoq iste’molchi savdo do‘koniga murojaat qilib telefondagi nosozlikni servis markazi orqali bepul bartaraf etish yoki boshqasiga almashtirib berishlarini so‘ragan. Tomonlar o‘rtasidagi muzokara iste’molchi talabini qanoatlantirilishi bilan yakun topmagach, u mazkur masalada Toshloq tuman jamiyatiga murojaat qilib, masalani qonuniy hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Tuman jamiyati ushbu holat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari, xususan yuzaga kelgan holatda iste’molchi huquqlari va sotuvchi majburiyatlarini o‘zida aks ettirgan, da’vo talabnomasi shaklidagi xatni sotuvchiga kiritdi. Uning asosida nusonlari mavjudligi da’vo qilingan mobil qurilma sotuvchi tomonidan servis markaziga yuborilib, mutaxassislar tekshiruvidan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra telefon apparatida nuqson mavjudligi xususidagi xulosaga kelinib, iste’molchining roziligi asosida nuqsonlarni bepul bartaraf etish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish yakunlari bilan telefon apparati soz holatda iste’molchi qo‘liga topshirildi.
Shoxistaxon Rahimova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий